STEFANOPULOS Konstantinos (1926, Patras sh.) — Gretsiya davlat arbobi. Afina un-tining yuridik ftini tugatgan. Advokatlik bilan shugʻullangan (1954—74), milliy birlik hukumatida savdo boʻyicha davlat kotibi (1974), Gretsiya ichki ishlar vaziri (1974 — 76), ijtimoiy taʼminot vaziri (1976—77), Gretsiya Bosh vaziri huzurida maslahatchi (1977—81). 1964, 1974, 1981-y. larda turli partiyalardan mamlakat parlamenti deputati etib saylangan. Tiklanish demokratik partiyasi asoschisi (1985), shu partiyadan Afina saylov okrugi boʻyicha deputat (198994). 1995-y. 8-martdan Gretsiya Respublikasi prezidenti. 2001-y. mart oyida rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые