STABILIZATOR

STABILIZATOR (lot. stabilis — turgʻun, doimiy) — i. ch. jarayoni, mashina parametrlari, elektr kattaliklar va b. koʻrsatkichlarni bir meʼyorda ushlab turadigan asbob, moslama yoki modda. Mas, aviatsiya Si — samolyotning boʻylama turgʻunligi va boshqariluvchanligini taʼminlaydigan quyruq qanotining qoʻzgʻalmas qismi. Kuchlanish yoki tok Si tarmoqdagi kuchlanishning oʻzgarishi va nagruzka kiymatidan qatʼi nazar kuchlanish yoki tokni avtomatik tarzda birday ushlab turadi. Dengiz Si kemaning chayqalishini kamaytiradi, u giroskop prinsipiga asoslangan. Fotografik Stabilizator foto emulsiyalarning eskirishini sekinlatish yoki unga barham berish uchun ishlatiladigan modda. Stabilizator sifatida simob, oltin, platinaning kompleks birikmalari va b. ogʻir metallarning tuzlari ishlatiladi. P o limerlar Si ham ularning eskirishini toʻxtatuvchi modda; oksidlanishga karshilik koʻrsatuvchi antioksidantlar, fotoliz va fotooksidlanishni toʻxtatuvchi fotostabilizatorlar, nurlanish taʼsiri ostida eskirishga toʻsqinlik kiluvchi antiradlar va b. dan iborat.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x