SOFIZM

SOFIZM (yun. sophisma — hiyla) Joʻmboq — biror beʼmani fikrni asoslovchi muhokama yoki xulosa. Sofizmda yolgon muhokama chin muhokamadek kilib koʻrsatiladi yoki mantiq qonunlarini buzib xulosa chiqariladi. Aristotel S. ni «soxta isbot» deb atagan. Sofizm — haqiqatni yolgʻon, yolgʻonni haqiqat deb tushuntirishdan iborat boʻlib, raqibni aldash, uni notoʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishga va shu tarzda oʻz maqsadiga erishishga moʻljallangan mantiqiy usuldir. Mana bu misolda odamning shoxi borligi shunday isbotlanadi: — Yoʻqotmagan narsalaring oʻzingda boʻladimi? — Ha. — Sen shox yoʻqotmagansan? — Ha. — Demak, shoxing oʻzingda. Sen shoxli odamsan.

Mantiq ilmini yaxshi egallagan kishilar bunday hiylagarlikni osongina fosh eta oladi. Sofizm soddadil kishilarqalbida haqiqatga, adolatga shubha uygʻotuvchi, ularni toʻgʻri yoʻldan adashtiruvchi makkorlik qurolidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x