SOVUQLIK QUTBI — Yer shari yoki yarim shardagi havo t-rasi eng past boʻladigan joy. Shim. yarim sharda ikkita Sovuqlik qutbi mavjud boʻlib, birinchisi Saxa Respublikasi (Verxoyansk — Oymyakon tumani)da mutlaq minimal tra —70°, ikkinchisi Grenlandiya orolida —65°, —70° atrofida. Jan. yarim sharda Sovuqlik qutbi Sharqiy Antarktida ichkarisida —90° ga yaqin. Bu yerda tra yil davomida oʻrtacha —55°, —60° lar atrofida kuzatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые