TITOV Konstantin Gerasimovich (1898.21.5, Gomel viloyati, Belorussiya — 1970.21.8, Toshkent) — pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1955), tibbiyot fanlari dri (1939), prof. (1941). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). Oʻrta Osiyo untini tugatgach (1928), shu untda ordinator (1928—30), assistent (1930—34), dotsent (1934—38), Toshkent toʻqimachilik fkasiga kdrashli bolalar kasalxonasida (1938—40), ToshTI davolash va sanitariya fti bolalar klinikasida kafedra mudiri (1940—68), Gematologiya va qon quyish i. t. institutida ilmiy rahbar (1968—70). Asosiy ilmiy ishlari bolalar kasalliklari, ularning oldini olish va davolashga oid. As: Leykozы u detey, Titov, 1954; Prakticheskoye i teoreticheskoye znacheniye issledovaniya retikuloendotelialnыx kletok kostnogo mozga v klinike i eksperimente, Titov, 1958; Bolezn Botkina u detey, Titov, 1958.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые