TILENXIDLAR

TILENXIDLAR (Tylenehida) toʻgarak chuvalchanglar (nematodalar) sinfiga mansub hayvonlar turkumi. Uz. 0,8 mm dan — 3 sm gacha. Sanchib soʻruvchi organi — stiletining uz. bir necha mkm dan 11 mm gacha, 10 dan ortiq oilasi, bir necha ming turi bor. Koʻpchilik Tilenxidlar — oʻsimlik parazitlari; ayrim turlari yirtqich yoki hasharotlarda parazitlik qiladi. Sabzavot va poliz ekinlariga boʻrtma nematodalar, gʻalla ekinlari (bugʻdoy, sholi)ga angvinalar, kartoshkaga geteroderalar va kartoshka poya nematodasi katta ziyon yetkazadi. Tilenxidlar stileti yordamida oʻsimlik hujayralari (asosan, yer osti qismi) shirasini soʻrib oziklanadi. Oʻsimlik toʻqimasi ichida yoki organlar sirtida parazitlik qiladi. Maxsus tuxum xaltachasiga, tuproqqa yoki oʻsimlik toʻqimalariga tuxum qoʻyadi. Lichinkalari tuproq, suv va oʻsimliklar niholi orqali tarqaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x