SUVNING QATTIQLIGI

SUVNING QATTIQLIGI — tarkibida SaQ2 va Mg2Q ionlari boʻlgan suviing xossasi. Suvning qattiqligi 2 xil: nokarbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy sulfatlar erishidan kelib chiqadi; karbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy bikarbonatlar erishidan hosil boʻladi.

Suvning umumiy qattiqligi shu qattikliklar yigʻindisiga teng. Umumiy qagtiklik 1 l suvdagi kalsiy va magniy ionlarining milligrammekvivalentlari yigindisi (mgekvGʻl) bilan oʻlchanadi. Qattiqligi 4 mgekv/l dan kam boʻlgan suv yumshoq, 4—8 mgekv/l boʻlgan suv oʻrtacha qattiq, 12 mgekv/l dan ortiq boʻlgan suv esa juda qattiq suv hisoblanadi. Tabiiy Suvning qattiqligi turlicha. Dare va koʻl suvining qattiqligi 0,1—0,2 mgekv/l (tayga va tundra), yer osti suvi, dengiz va okean suvining qattiqligi 80 — 100 mgekvGʻl. S. q. tufayli bugʻ kozonlari devorlariga choʻkmalar choʻkadi, kir yuvganda sovun koʻp sarflanadi. Qattiq suvda sabzavot, goʻsht yaxshi pishmaydi va h. k. S. q. katta boʻlsa, siydikda tosh paydo boʻladi. Markaziy suv taʼminotida, asosan, isteʼmol qilinadigan Suvning qattiqligi 7 mgekv/l gacha boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Suvning qattiqligi katta boʻlganda suvni yumshatish usullari qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x