TEATR MUSIQASI — 1) keng maʼnoda — barcha musiqali (opera, balet, operetta, musikali drama, musikali komediya, vodevil, myuzikl va b.) hamda dramatik spektakllar uchun yozilgan musiqa;
2) tor maʼnoda — dramatik teatr spektakl (drama, komediya, tragediya)lari musiqasi. Odatda, vokal, cholgʻu, xor va orkestr musiqiy lavhalaridan iborat.
Musiqa katta oʻrin egallagan drama sanʼati shakllari qadimdan maʼlum. Oʻzbekistonda qiziqchimasxaraboz va qoʻgʻirchoqboz tomoshalari va b. musiqa bilan ijro etilgan. Kompozitorlik sanʼati rivoji natijasida Teatr musiqasi yangi pogʻonaga koʻtarildi, erkin almashinuvchi musiqiy lavhalar oʻrniga muayyan spektakllarga maxsus musiqa asarlari yozila boshlandi (V. A. Motsart, Y. Gaydn, L. Betxoven, keyinchalik F. Mendelson, R. Shuman, M. Glinka, G. Berlioz, E. Grig, J. Vize va b.). 20-a. da teatr spektakllaridagi musiqaning mavqei yanada kuchaydi, baʼzi musiqa (kantata, oratoriya kabi) janrlarining sahnaviy turlari yuzaga keldi (K. Orf, I. Stravinskiy, A. Onegger va b.), yangi sintetik janrlar paydo boʻldi (I. Stravinskiyning «Shoh Edip», «Askar tarixi» va b.). T. m. sahna raqs harakatlarini ifodalovchi, dramatik holatlarga izoh beruvchi, ramziy yoki majoziy maʼnoga ega lavhalar, shuningdek, qahramonlarning ichki histuygʻularini bayon etuvchi epizodlardan iborat boʻladi. Ayni paytda, u asar sahnalarini oʻzaro bogʻlab, dramaturgik vazifalarni ham bajaradi. Oʻzbekistonda Hamza, Xurshid, Gʻ. Zafariy va b. dramaturglar oʻz spektakllarida oʻzbek musiqa merosidan keng foydalanishgan; ilk professional (maxsus yaratilgan) Teatr musiqasi namunalari 1940-y. lar oxiri — 60y. larda paydo boʻlgan («Alisher Navoiy», M. Burhonov 1948; «Yoʻlchi yulduz», I. Akbarov, 1957; «Hamza», 1960, «Mirzo Ulugʻbek», 1964, M. Leviyev va b.). Keyinchalik, A. Malaxov («Varshava kuyi», «Sevgi uchun 10 kechakunduz», 1968), F. YanovYanovskiy («Iztirob va umid kunlari», 1974), A. Berlin («Otello», 1972), 1980—2000y. larda A. Ergashev («Ufq», 1995, «Oʻtgan kunlar jangnomasi», 2003), A. Ikromov («Qirol Lir», 1998), D. YanovYanovskiy («Malikai Turandot», 2000, «Rezina sotuvchilar», 2004), A. kim («Iso va Yaxuda», 2002) va b. kompozitorlar Teatr musiqasi sohasida ijodiy muvaffakiyatlarga erishgan.
Ad.: Mirhaydarova 3., Muzoʻka v dramaticheskom teatre, Teatr musiqasi, 1986.
Zakiya Mirhaydarova.