TAROVIH (arab. — hordiq chiqarish, tin olish) — ramazon oyi davomida kechalari oʻqiladigan qoʻshimcha nafl namoz. T. 20 rakaat boʻlib, xufton namozi bilan birga oʻqiladi. Tarovih namozida Qurʼoni karimni boshdan oyoqqiroat bilan xatm qilish sunnat amallardan hisoblanadi.