ESPIRITUSANTU

ESPIRITUSANTU — Braziliyaning sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 46,2 ming km2. Aholisi 3,1 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Vitoriya shahri Shtatning gʻarbiy qismini Braziliya yassitogʻligi, sharqini botqoqlashgan Atlantikaboʻyi pasttekisligi egallagan. Iklimi tropik, pasttekislikda issiq va sernam (oʻrtacha oylik tralar 20—26°, yillik yogʻin 1500—1700 mm), yassitogʻlikda salqinroq, yillik yogʻin 1000—1200 mm. Sernam tropik oʻrmonlar, sohil qismida aralash tropik oʻrmonlar bor.

Iqtisodiyotining asosini q. x. tashkil qiladi. Kofe, sitrus mevalar va kakao plantatsiyalari bor. Shuningdek, shakarqamish, sholi, maniok, dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, tamaki ham yetishtiriladi. Foydali qazilmalardan tarkibida toriy, uran va sirkoniy boʻlgan monatsit qumlar, plavikli shpat, marmar konlari, mineral suvli buloqlar bor. Toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qirgʻoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi. Tashqi savdo aylanmasida Vitoriya dengiz porti muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x