FIR

FIR, Fil, al-Fir — Xorazmning qad. poytaxti; Amudaryoning soʻl sohilida joylashgan. Arab manbalarida alMansura deb ham atalgan. Beruniyning xabar berishicha, «AlFir Xorazm shaxri (Kat) ning chekkasidagi loy va xom gʻishtdan qurilgan qalʼa boʻlib, bir-birining ichiga joylashgan va balandlikda birbiridan qolishmaydigan uch qavatli qoʻrgʻon edi… AlFir oʻn milcha va undan koʻproq masofadan koʻrinar edi. Jayxun har yili uni buzib, yiqitib va parchalab olib keta berdi; nihoyat Iskandar tarixining 1305-yilida (mil. 993-y.) undan asar krlmadi». Shundan soʻng poytaxt Gurganj sh. ga koʻchirilgan. Fir xarobalari Shabboz (hoz. Beruniy) oʻrnidadir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x