PITTI (Pitti) — Florensiyadagi ba-diiy muzey. Pitti palassosiga joylashgan [binoning oʻrta qismi meʼmori F. Bru-nelleski (?), 1440-y. dan; 17—18-a. larda kengaytirilgan; hovli meʼmori B. Ammanti, 1558—70-y. lar; plafonlari Pyetro da Kortona tomonidan bajarilgan, 1640—47], bino manyeris-tik bogʻga tutashgan. 1828-y. dan omma uchun ochylgan. 1911-y. dan davlat tasar-rufida. Pitti toʻplami asosini Medichilar xonadoniga tegishli asarlar tashkil etadi. Suratlar galereyasi bino xonalarining katta qismini egallagan. Toʻplamda, asosan, 15—17-a. lar italyan (Rafael, Titsian va b.), qisman 17-a. flamand (P. Rubens, A. van Deyk va b.) rassomlik maktabi vakillarining asarlari jamlangan. Pittida, shuningdek, zamonaviy sanʼat galereyasi va Kumush buyumlar muzeyi mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые