FERMIGAZ

FERMIGAZ, Fermi gazi yarim butun (h birliklarida 1/2, 3/2,…) spinli zarralardan tashkil topgan gaz. FermiDirak statistikasiga boʻysunadi. Oʻzaro taʼsirlashmaydigan zarralardan tashkil topgan Fermigaz ideal F. g. deb ataladi. Metallar va yarimoʻtkazgichlardagi elektronlar, atom nomeri katta boʻlgan atomlardagi elektronlar, ogʻir atom yadrolaridagi nuklonlar, yarim butun spinli kvazizarralaryaan tashkil topgan gazlar F. g. lar hisoblanadi. Fermigaz uchun Pauli prinsipi oʻrinli. T=0 K trada Fermigaz asosiy xrlatda boʻladi va uning zarralari energiyasi Fermi energiyasi (Yegʻ) deb ataluvchi energiyaga boʻlgan barcha kvant holatlarni egallaydi, energiyasi Ye>YEGʻ boʻlgan holatlar boʻsh boʻladi. T=0 K da ideal Fermigaz kvant holatlarini oʻrtacha toʻldirish soni Fermi taqsimot funksiyasi bilan aniqlanadi. Ideal boʻlmagan Fermigaz uchun ham chegaraviy Fermi energiyasi mavjud, lekin uning zarralari maʼlum kvant holatlarda boʻlmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x