XONTAXTA TIZMASI

XONTAXTA TIZMASIHisor togʻ tizmasining jan. gʻarbiy tarmoklaridan biri. Jan. va jan. gʻarbda Katta Oʻradaryo, shim., shim. sharq va sharqqa 60 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 1500—2500 m, eng baland joyi 2938 m. Suvayirgʻich qismi tekislangan yuzalardan iborat. Yon bagʻirlari jan. va sharqiy qismida Katta Oʻradaryo oʻzanidan deyarli tik koʻtarilgan, shim. gʻarbiy yon bagʻri esa bir oz nishab. Etagida adirlar bilan tutashib ketgan va koʻplab daryolar (Langar, Katta Oʻradaryoning chap irmoqlari) bilan zich va chuqur kesilgan. Xontaxta tizmasi antiklinal strukturadir. Uning suvayirgʻich qismi paleozoy davri yetqiziqlaridan tashkil topgan. Tizmaning yon bagʻirlarida yura, boʻr va paleogen ohaktoshlari, gipsli gillar, mergel, qumtosh, konglomeratlar tarqalgan. Daryolar koʻp qismida chuqur daralar hosil qilgan. Ohaktoshlar tarqalgan hududida karst (karst gʻori, voronka va karrlari) hamda kuesta relyef shakllari hosil boʻlgan. Iqlimi quruq, yogʻingarchilik asosan, qish va bahorda boʻladi. Qoʻngʻir va jigarrang tuproqlarda archazorlar, butazor va b. oʻsimliklar tarqalgan. Yaylov sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x