OʻTOV — koʻchma uy, turar joy; koʻchmanchi, yarim koʻchmanchi xalqlarning asosiy turar joyi. Yengil xom ashyo (asosan, yogʻoch)lardan konussimon shaklda yasaladi: aylana shakldagi panjara devor va tepa qismdan iborat boʻlib, ustidan kigiz bilan yopiladi; shuning uchun «uy», «kigiz uy» deb ataladi. Oʻtovning oʻrtasida oʻchoq joylashadi, ichi oʻziga xos tarzda qismlar (ayollar qismi, erkaklar qismi va boshqalar)ga boʻlinadi. Tuzilishi jihatidan bir xil boʻlgan Oʻtov tashqi koʻrinishi (bezaklari), pastbalandligi, kattakichikligi bilan farqlanadi. «Oʻtov» soʻzi, koʻpincha yangi oq kigiz bilan qoplangan, kelinchaklarga atab qurilgan uylarga nisbatan ishlatilgan; yangi kigiz ustidan oq mato qoplangan, oq arqonlar bilan tortib bezatilgan. Bundan hashamatli Oʻtov «oq uy» deb ataladi. Oddiy Oʻtovlar, koʻpincha xoʻjaliklar ehtiyoji uchun tiklangan Oʻtovlar «qora uy» deyiladi. Tarixiy yozma manbalarda Oʻtov Oʻrta Osiyo va Janubiy Sibirda yashagan xalqlarda qadimdan mavjudligi, hatto oʻrta asrlarda toʻrt gʻildirakli katta aravalarga Oʻtov tikib foydalanilgani qayd etilgan. Oʻtov 20-asr boshlarigacha Markaziy Osiyo va Oʻrta Osiyo, Janubiy Sibir, shuningdek, moʻgʻullar va boshqalar bir qancha xalqlarda mavjud boʻlgan. Xalqlarning oʻtroqlashishi natijasida Oʻtov oʻz ahamiyatini qisman yoʻqotgan; qulay boshpana sifatida asosan choʻponlar undan foydalanadi. Solnomalarda «oq uy»larning har xil turlari (sarparda, sarqalʼa va boshqalar) boʻlganligi qayd etilgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии