FARMAKOGNOZIYA

FARMAKOGNOZIYA (yun. pharmakon — dori va gnosis — oʻrganish) — farmatsiyanmig bir boʻlimi. Oʻsimliklar va hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulotlar, ularni birlamchi qayta ishlashdan hosil boʻladigan baʼzi moddalar (efir moylar, smolalar, sut shiralar, daraxt yelimlari va b.)ni oʻrganadi. Asosiy vazifasi dorivor xom ashyolarni tadqiq etish, ulardagi taʼsirkor moddalarni aniklash usullarini ishlab chiqish, shuningdek, bu moddalarning oʻsimlik, hayvonlar aʼzo va toʻqimalarida joylashgan oʻrnini oʻrganishdan iborat. Bundan tashqari, yovvoyi dorivor oʻsimliklarning oʻsish joyi va zaxirasini aniqlash, ularni yigʻish, quritish, navlarga ajratish, qaytadan ishlash, saqlash va h. k. bilan ham shugʻullanadi. Farmakognoziya farmatsiyaning qad. sohalaridan boʻlib, yunon olimi Dioskorid unga asos solgan. Galen va Paratsels esa Farmakognoziyani yangi yoʻnalishga solib yubordilar. Oʻrta asrlarda, ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va Sharqning boshqa olimlari Farmakognoziya rivojiga ulkan hissa qoʻshdilar (q. Tibbiyot), 18-a. da Rossiyada Farmakognoziya sohasida dorivor oʻsimliklarning qoʻllanishi haqida maʼlumotnoma va qoʻllanmalar paydo boʻldi. 1778-y. da birinchi rus farmakopeyasp bosilib chiqdi. Hoz. Respublikamizda Oʻzbekiston kimyofarmatsevtika ilmiy tadqiqot in-ti faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Farmakognoziyaga oid tadqiqotlar farmatsevtika i. t. institutlari va ftlari kafedralarida bajariladi. Farmakognoziya farmatsevtika taʼlimi sistemasiga kiritilib, oliy va oʻrta maxsus farmatsevtika bilim yurtlarida oʻqitiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x