XITOY-TIBET TILLARI

XITOY-TIBET TILLARI, sin tibet tillari — jahondagi eng yirik til oilalaridan biri; XXR, Myanma (Birma), Nepal, Butanda va Hindistonning shim. sharqiy qismida tarqalgan 100 dan ortiq, baʼzi maʼlumotlarga kura, bir necha yuz qabilaviy va milliy tilni oʻz ichiga oladi. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni, 2003-y. maʼlumotlariga koʻra, 1 mlrd. 360 mln. dan ortadi (shundan 1 mlrd. 320 mln. dan ortiqrogʻi xitoy tilida soʻzlashadi).

Hoz. tilshunoslikda Xitoy-tibet tillari, odatda, ularning ichki boʻlinishi va dunyo lingvistik xaritasidagi oʻrniga qarab 2 asosiy tarmoqqa ajratiladi: 1tarmoqni koʻplab lahjalar va sheva guruhlariga ega boʻlgan xitoy tili tashkil etadi. Baʼzi tasniflarda dungan tili ham shu tarmoqqa mansub deb koʻrsatiladi; 2tarmoqni tibetbirma tillari tashkil etadi. Ushbu tarmoqdagi asosiy tillar yoki qarindosh tillar guruxlari quyidagilardir: birma tili — Myanma davlatining rasmiy tili (35 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi); tibet tili — asosan XXRda, qisman Nepal va Butanda, Hindistonning Kashmir hududida tarqalgan (6 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi), karen tillari — Myanma va Tailandsa tarqalgan (tegishli ravishda 3,5 mln. dan va 200 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi); xani — XXRda tarqalgan (1,5 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi), manipuri — Hindistonning Assom va Tripuri shtatlarida, shuningdek, Bangladesh va Myanmada tarqalgan (1 mln. 300 mingga yaqin kishi soʻzlashadi); bodo (kachari) — Hindistonda tarqalgan (800 ming kishi soʻzlashadi); g ar o — Hindistonda tarqalgan (800 ming kishi soʻzlashadi); szinpo (kachin ) — XXR va Myanmada tarqalgan (600 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi); lisu — XXRda tarqalgan (600 mingga yaqin kishi soʻzlashadi); tamang, nevar va gurun tillari — Nepalda tarqalgan (har birida 500 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi) va b.

Xitoy-tibet tillari boʻgʻinli, ozmikoʻpmi agglyutinatsiyaga moyil boʻlgan amorf tillardir. Boʻgʻin asosiy fonetik birlik boʻlib, bunda boʻgʻinlar chegarasi bir paytning oʻzida morfema va soʻzlarning chegarasi ham hisoblanadi. Boʻgʻin tarkibidagi tovushlar qatʼiy belgilangan tartibda joylashadi. Boʻgʻin oxirida uchraydigan undoshlar soniga Karaganda boʻgʻin boshida uchrashi mumkin boʻlgan undoshlar soni ortikroqair. Koʻp tillarda ton mavjud (q. Tonal tillar). Tarixi yaxshi oʻrganilgan tillarda konsonantizm (undoshlar tizimi)ning astasekin soddalashgani hamda unlilar va tonlar tizimining murakkablashganini kuzatish mumkin. Umumiy qoidaga koʻra, morfema boʻgʻinga teng keladi, oʻzak esa oʻzgarmaydi. Lekin barcha Xitoy-tibet tillarida xam ushbu qoidaga toʻliq rioya qilinavermaydi. Oʻzaklarni qoʻshish soʻz yasashning asosiy usulidir.

Xitoy-tibet tillarining yozuvlari 3 asosiy turga: ideografik yozuv, hind yozuvidan kelib chiqqan fonetik yozuv va yaqin vaqtlarda lotin yoki rus alifbolari asosida yaratilgan yozuvlarga boʻlinadi. 1turdagi yozuvga xitoy iyerogliflari (q. Xitoy yozuvi; ilk yozma yodgorliklari mil. av. 14—13-a. larga mansub), tangut yozuvi ( 11-a., hozir yoʻqolgan), nasa yozuvi, i yozuvi kabilar kiradi. 2turdagi yozuvga eng avvalo tibet alifbosi (7-a. dan mavjud) vabirma alifbosi (11-a. dan mavjud) kiradi. Nevari (12-a. dan maʼlum), rong (17-a. oxiridan maʼlum), manipuri va birma yozuvlari uncha keng tarqalmagan. Mazkur yozuvlarning umumiy oʻziga xosligi shundaki, ularda «a» unlisi maxsus shaklga ega emas — tegishli undoshlar ana shu unli bilan birga oʻqiladi; boshqa unlilarning belgilari ham undoshni ifodalovchi harfning yo ostiga, yo ustiga joylashtiriladi. Lotin alifbosi asosidagi yozuvlar XXR va Myanmadagi bir qancha tillar (mas, i tili) uchun ishlab chiqilgan. Rossiya va Qozogʻistonda yashovchi dunganlar esa rus alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Xitoy-tibet tillarini kiyosiy va tipologik oʻrganish 19-a. ning 80—90-y. laridan boshlangan.

Ad.: Yaxontov S. Ye., Glottoxronologiya i kitayskotibetskaya semya yazыkov, M., 1964.

Abduvahob Madvaliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x