PRINTER (ing. printer) — kompyuterna matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan Printerlar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va la-zerli turlari keng tarkalgan. Matritsali Printer larda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi)dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va la-zerli Printer larnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli Printer larda maʼlumotlar maxsus «siyoxdonlar» yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli Printerlar maxsus lazerli qurilma yorda-mida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga ega. Bunday Printerda bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые