FUTSHTOK

FUTSHTOK (nem. Fubstock) dengiz, daryo yoki koʻlda suv sathini nazorat qilib turish uchun moʻljallangan moslama (darajalarga boʻlingan reyka). Suv oʻlchash postlariga oʻrnatiladi. Futshtok suv havzasida faslga qarab suv sathi oʻzgarib turishini oʻrganish, oʻrtacha suv sathini aniqlash, suvning chuqurligini oʻlchash, suv toʻlqinlanganda qanchalik baland koʻtarilishini bilish va b. maqsadlarda qoʻllanadi. Portlar va gidrotexnika inshootlari qurishda ham Futshtok asqotadi. Mutlaq balandliklar Kronshtat (Rossiya) F. gidagi nuldan oʻlchanadi (q. Mutlaq balandlik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x