OʻLIK DENGIZ (arab. Bahr-Lut) Gʻarbiy Osiyodagi oqmas shoʻr koʻl, Iordaniya va Isroil hududlarida. AlHor tektonik botigʻida, dengiz sathidan 395 m pastda (sohili Yer quruqlik qismining eng past joyi) joylashgan. Mayd. 1050 km2, uz. 76 km, eng chuqur joyi 356 m (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 335 m). Qirgʻoklari tik va qoyali. Oʻlik dengizga Iordan daryosi quyiladi. Dunyodagi eng shoʻr koʻllardan (tuz zaxirasi 43 mlrd. t chamasida), shoʻrligi 260—270°/00, ayrim yillarda 310°/00 ga yetadi. Koʻldan kaliy va boshqalar tuzlar olinadi. Koʻl suvi yuqori darajada minerallashganligidan hayvon va oʻsimliklar (ayrim bakteriyalardan tashqari) yoʻq. Sohillari choʻl, ondasonda vohalar uchraydi. Gʻarbiy sohilidagi gʻorlardan 1947-yilda qadimiy ivrit, arab, yunon, lotin va boshqalar tillardagi qoʻlyozmalar (katta qismi mil. av. 2-asr — mil. 2-asrga taalluqli) topilgan. Oʻlik dengizning gʻarbiy sohilida, unga Iordan daryosi quyilish qismida Bibliya afsonalarida yozilgan Sodom va Gomorra shahrilari mavjud boʻlgan deb taxmin qilinadi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии