POLIFAGIYA

POLIFAGIYA (poli… va… fagiya) — 1) odamlarda, mechkaylik — ovqatni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish. Polifagiya sogʻlom odamda energiya va oqsilga talabning oshishi (uzoqochlikdan, ogʻir jismoniy mehnat va yuqumli kasalliklardan soʻng) yoki ayrim kasalliklar (qandli diabet, buqoq va b.), shuningdek, gipotalamusdagi ovqatlanish markazining qoʻzgʻalishi tu-fayli (mas, nevrozlar, aqli zaiflik-da) paydo boʻladigan soxta ochiqish hissi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin;

2) hayvonlarda, hammaxoʻrlik (zoologiya); hayvonlar (polifaglar) ning xilma-xil oʻsimlik va hayvonlar b-n oziklanishi. Mac, oʻtloq parvonasi qurti 160 turga yaqin oʻsimlik, sariq oʻrmon chumolisi yuzlab tur hasharotlar va b. umurtqasizlar hamda ayrim oʻsimliklar bilan oziklanadi. Baqalar, qur-baqalar, kaltakesaklar, koʻpchilik yirt-qich qushlar (kalxatlar, burgutlar), sut emizuvchilar (boʻrilar, tulkilar) P. hisoblanadi. Polifagiya ovqat hazm qilish sistemasida muayyan anatomik, biokimyo-viy va fiziologik moslanishlar (mas, xilmaxil fermentlar boʻlishi) bilan bogʻliq. Polifagiya hayvonning oziq kam boʻlgan chekka shimol yoki choʻl sharoitida yashab qolishiga imkon beradi. Hayvonlarning bir xil yoki bir necha xil oziq bilan oziklanishi monofagiya yoki stenofagiya deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x