XALQARO KONVENSIYALAR — xalkaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda, bironbir ixtisoslashgan sohada oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Koʻp tomonlama Xalqaro konvensiyalar umumiy xarakterdagi normalarni oʻz ichiga oladi (mas, xalqaro gumanitar huquq boʻyicha 1899 va 1907-y. lardagi Gaaga konvensiyalari, 1949-y. dagi Jeneva konvensiyalari va b.). Aksariyat Xalqaro konvensiyalar BMT va uning ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые