FILCHALAR

FILCHALAR (Curculionidae) — qoʻngʻizlar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Boshining oldingi qismi naysimon choʻziq boʻlib, xartumni eslatadi. «Xartum»i uchida kemiruvchi ogʻiz organlari va moʻylovlar boʻladi. Kurtlari S shaklida, oqish rangli va oyoqsiz, tuprokda va oʻsimlik toʻqimalarida rivojlanadi. 45000 dan ziyod turi maʼlum. Oʻzbekistonda 1000 ga yaqin turi uchraydi. Filchalarning shakli va rangi har xil. Uz. 3—60 mm. Oʻsimlikxoʻr. Ayrim turlari q. x. ekinlariga va omborlarda saqlanadigan oziq mahsulotlariga ziyon yetkazadi. Fitonomuslar, ombor uzuntumshugʻi (mita), sholi filchasi ayniqsa keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x