OʻRDUBODIY Muhammad Said

OʻRDUBODIY Muhammad Said (Mamed Hoji ogʻa oʻgʻli, 1872.24.3, Oʻrdubod — 1950.1.5, Boku) — ozarbayjon yozuvchisi va dramaturgi. Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1938). 1907 — 11 yillarda Eron inqilobida ishtirok etgan. Dastlabki sheʼriy toʻplamlari — «Begʻamlik» (1906), «Vatan va ozodlik» (1907). Mustabid tuzum va maʼrifatparvarlik gʻoyalari aks etgan «Ikki bolaning Yevropaga sayohati» (1908), «Baxtsiz millioner» (1904), «Tumanli Tabriz» (1938—48), «Kurashuvchi shahar» (1938), «Yashirin Boku» (1940) romanlari muallifi. «Qilich va qalam» romani (1—2qism, 1946—48) ozarbayjon xalqining mashhur shoiri Nizomiy Ganjaviyta bagʻishlangan. Uning dramalari, opera va operetta librettolari ham bor («Koʻroʻtli», 1939; «Nargiz», 1938; «Qalb oʻgʻrilari», 1938 va boshqalar). «Andalusning soʻnggi kunlari» tarixiy dramasi (M. Uygʻur tarjpmasi, 1919) «Turon» teatrida, «Besh soʻmlik kelin» komediyasi esa Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan.

As.:Qilich vaqalam [I—2kismlar],T., 1964.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x