NIXROM (nikel va xrom) — nikel olovbardosh qotishmalari guruhining umumiy nomi. Tarkibida 65—80% nikel (Ni), 15—35% xrom (Gr), 1—20% temir (Fe), 0,5—2% marganes (Mp) va alyuminiy (3,5% gacha), kremniy (1,5% gacha), uglerod, oltingugurt aralashmalari boʻladi. Tarkibida Fe miqdory 20% dan ortiqboʻlgan Nixrom ferronixrom deb ataladi. U pastroq t-raga chidaydi. Nixromning olovbardoshligi juda yukrri (1250° gacha), solishtirma elektr qarshiligi ham anchagina yukrri (1,05—1,4 mkom. m). Qarshilik elementlari, yukrri t-rali sharoitda ishlaydigan detallar, baʼzan, reostatlar tayyorlashda ishlatiladi (yana q. Nikelli qotishmalar).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые