SULTONOV Abdurayim Sultonovich (1930.15.10, Chimboy 1992.15.9, Nukus) — qoraqalpoq kompozitori va dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1955). Krraqalpoq teatri bosh dirijyori (1955 — 57, 1966—71), Qoraqalpoq davlat filarmoniyasi xalq cholgʻu asboblari orkestrining tashkilotchisi va rahbari (1957—63), Nukus musiqaxoreografiya bilim yurtida direktor muovini (1963 — 66) va oʻqituvchi (1963-y. dan), Qoraqalpogʻiston televideniye va radioeshittirish qoʻmitasi xalq cholgʻu asboblari orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-y. dan), Qoraqalpogʻiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1991—92). Simfonik («Krraqalpoqcha syuita», B. Giyenko bilan hamkorliqda; «Yoshlik») va vokalsimfonik («Boʻzatov») syuitalar, poemalar, «Qoraqalpoqcha rapsodiya»; shuningdek, «Ravshan» (J. Oymirzayev), «Baxt», «Arular», «Dilbarlar» (S. Xoʻjaniyozov), «Qirli soʻqmoqlar» (T. Seitjonov) , «Artist takdiri» (I. Yusupov), «Orol ovozi» (Q. Doʻsanov) kabi spektakllarga yozilgan musiqa va qoʻshiqlar (Ajiniyoz sheʼrlari — «Sevgilim», «Goʻzallar», «Bormikin» va b.) muallifi. Berdaq nomidagi Koraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1974).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые