SEDIMENTATSIYA

SEDIMENTATSIYA (lot. sedimentum. — choʻkish) — dispers faza zarralari (qattiq donacha, suyuklik tomchisi, gaz pufakchalari)ning suyuq yoki gazsimon dispers muxitda gravitatsion maydon yoki markazdan qochma kuch maydonida choʻkishi yoki yuzaga suzib chiqishi. Agar zarralarning yoʻnalgan harakati ogʻirlik kuchi yoki markazdan qochma kuch taʼsirida zarralarning tartibsiz (xaotik) issiklik harakatidan ustun kelsa, Sedimentatsiya sodir boʻladi (q. Broun harakati, Diffuziya). S. tezligi zarraning massasi, oʻlchami va shakliga, muhitning qovushokligi va zichligiga, shuningdek, maydon kuchining zarraga taʼsiridan yuzaga keluvchi kuchlanishga boglik. Birbiri bilan oʻzaro taʼsirlashmaydigan mayda sferik zarralar Sedimentatsiyasi Stoke formulasi boʻyicha aniqlanadi. Tabiatda Sedimentatsiya choʻkindi togʻ jinslari hosil boʻlishiga, havzalardagi suvning tinishiga, atmosferadagi suyuq tomchi va qattiq zarralarning ajralishiga olib keladi. I. ch. da Sedimentatsiya kukunlarni fraksiyalarga ajratishda, kimyotexnologiyada turli mahsulotlarni choʻkma holida ajratib olishda qoʻllanadi. Sedimentatsiya sanoatda foydali qazilmalarni boyitishda, kimyo va neftkimyo texnologiyasi mahsulotlarini ajratishda, suvni tozalashda va b. da ishlatiladi. Sedimentatsiya sentrifugalash, ultratsentrifugalash, sedimentatsion analizda keng qoʻllanadi (yana q. Tindirish, Sedimentatsion analiz).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x