SEVILYA

SEVILYA — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar. Andalusiya muxtor viloyati va Sevilya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 702 ming kishi (1998). Gvadalkvivir daryosi boʻyidagi port, dengiz kemalari ham kira oladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, kemasozlik va aviasozlik, q. x. mashinalari i. ch.), oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo va neft kimyosi sanoatlari korxonalari mavjud. Arxeologiya, nafis sanʼat muzeylari, un-t (1502) bor.

Sevilya qadimda Gispalis deb atalgan. 3-a. da rimliklar, 712-y. da arablar bosib olgan. 1248-y. da Kastiliya va Leon qirolligiga qoʻshilgan. 15-a. da Sdan Kolumbning 1ekspeditsiyasi yoʻlga chiqqan. 15—17-a. larda S. Yevropada eng yirik savdo shaharlaridan edi. Meʼmoriy yodgorliklaridan AlQasr saroyi (12-a. oxiri), gotika cherkovi (13—14-a. lar), kafedrali sobor (sobiq Jome masjidi), «La Xiralda» qoʻngʻiroqxonasi (12, 16-a. lar) va b. saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x