NATANS (Nathans) Daniyel (1928.30.10, Uilmington sh.) — amerikalik genetik, tibbiyot d-ri (1954-y. dan). Delover shtati un-tini tugatgan (1950). 1972-y. dan Jon Gopkisn un-ti tibbiyot f-ti mikrobiologiya boʻlimi direktori. Ilmiy ishlari molekulyar biologiyaga oid. Restriksion enzimlar (fermentlar) kashf etgan va ularni molekulyar genetikada qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1978, X. Smit bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые