NARVA

NARVA — Estoniyadagi shahar. Narva daryosining chap sohilida, uning Fin qoʻltigʻiga quyilish joyidan 14 km uzoqlikda. T. y. stansiyasi. Aholisi 83 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Shahar sanoatining asosiy tarmoklari — energetika, toʻqimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish. N. yaqinida mahalliy slanesda ishlaydigan Boltiq boʻyi GRES, Estoniya GRES ishlab turibdi. GES bor. Yirik ip gazlama korxonasi — Krengolm manufak-turasi, yogʻochsozlik, mashinasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat va b. sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Narva koʻprik orqali Ivangorod (Leningrad viloyati) b-n bogʻlangan. Politexnikum, tarix muzeyi mavjud. Shahar ilk bor 1171-y. gi Novgorod solnomasida Rugodiv nomi b-n tilga olingan. Daniya, Shvetsiya Livon ordeni tasarrufida boʻlgan. 1704-y. da rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol qilindi. 1919-y. dan N. Estoniya tarkibida. Shaharda tarixiy meʼmoriy yodgorliklardan: qasr (13—15-a. lar), shahar istehkomlari (14-a.), ratusha (17-a.) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x