SAPROTROFLAR (yun. sapros chirigan va…trof) — oʻsimliklarning organik qoldigʻi, hayvonlar murdasi va axlati bilan oziklanadigan organizmlar Saprotroflar organik moddalarni minerallashtirishi tufayli tabiatda moddalar aylanishi jarayonida muhim ahamiyatga ega. Saprotroflarga bakteriyalar va zamburugʻlar bilan birga saprofitlar — ayrim suvoʻtlar, yuksak oʻsimliklar kiradi. Saprotroflar hayvonlar — saprofaglarga yomgʻir chuvalchanglari, tuproq va suvda yashovchi koʻpchilik nematodalar va bir hujayralilar, ayrim hasharotlar (oʻlimtikxoʻr qoʻngʻizlar, goʻngxoʻrlar, ikkiqanotlilar qurtlari), qisqichbaqasimonlardan, asosan, yonlab suzarlar, daryo qisqichbaqalari, sut emizuvchilar (giyena va b.), qushlar ( qargʻalar, quzgʻunlar), fakultativ Saprotroflarga koʻpchilik yirtqich va hammaxoʻr hayvonlar kiradi. Suv S. i suvning biologik tozalanishida ishtirok etadi. Tuproq Saprotroflari tuproq hosil boʻlishida qatnashib, tuproq hosildorligini oshirishga yordam beradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые