Libos va salomatlik

Siz libos uchun shunday matoni tanlangki, u avvalo sog’lik uchun foydali bo’lsin. Ayniqsa yoz oylarida havo o’tkazuvchan kiyimlar tanga rohat bahsh yetish bilan birgalikda bir qancha kasalliklarning ham oldini oladi, bu soha mutahassislarining izlanishlari davomida o’z isbotini topgan, – deydi Kamoliddin Behzod nomidagi rassomlik va dizayn instituti talabasi Dilafro’z Saidova.

“Yoz faslida sizningcha qanday matolardan tikilgan liboslar salomatlik uchun foydali?” deb so’radik talaba qizdan.

Dilafro’zning aytishicha, yozgi liboslar issiqda nam va terni tez shimadigan hamda darroq quriydigan bo’lishi lozim. Shuningdek, issiq kunda kiyimlar badanda ter bug’lanishiga halaqit bermasin. Yurtimizdagi do’konlarda bunday matolar zhuda ko’p. Masalan pahtadan tayyorlangan gazlamaning nam tortish hususiyati yuqori, u quyosh nuriga ham chidamli, havo isiganda tanaga salqinlik bag’ishlaydi. Zig’ir tolasidan to’qilgan gazlama ham havo o’tkazuvchan bo’ladi. Ipak tolali matolar yumshoq va sirg’aluvchan bo’lsa-da badanga yoqadi, ularning salomatligi uchun foydasi katta. Umuman zig’ir, pahta tolasi va ipakdan tayyorlangan gazlamalardan libos tikib kiyilsa, ayniqsa yoz paytlarida odam isib ketmaydi, terida havo almashinuvi soz bo’ladi.

– Ko’pchilik kishilar sintetik kiyimlar kiyishadi, bu borada sizning fikringiz qanday?

– Aslida sintetik matolar pishiq, har qanday ob-havo ta#siriga chidamli, rangi tez aynimaydigan bo’lsa-da, lekin ular badandagi namni etarlicha shima olmasligi tufayli ter va yog’ bezlari faoliyatiga salbiy ta#sir ko’rsatadi. Natizhada ko’plab teri kasalliklari kelib chiqishi mumkin. Men bu hususda soha mutahassislari bilan suhbatlashib turaman. Turli liboslar yaratayotganimda ustozlarimning maslahatlariga amal qilaman.

Izlanuvchanlik aslida dizaynerga hos fazilat. Dilafro’z ham doimo o’z ustida ishlaydi. Internet tarmog’i orqali dunyoning taniqli dizaynerlari ishini kuzatib boradi. “Bugungi kunda O’zbekistonda yosh dizaynerlar uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilgan, bu yesa biz yoshlarning yayrab izhod qilishimizga katta imkon beradi” deydi talaba qiz.

Bozor va do’konlarimizda hilma-hil milliy matolar ko’p. Atlasu adraslar, shohi ipaklar va kimhoblardan tikilgan liboslar ko’zlarimizni quvontiribgina qolmay sog’ligimiz uchun ham foyda keltiradi. Libos yaratishda ana shu zhihatlarni ko’zda tutib izhod qilayotgan bo’lg’usi dizayner Dilafro’z Saidovaga kelgusida omad yor bo’lishini tilaymiz.

Mashkura AVAZOVA

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x