SALOHIDDINOV Husniddin Qozoqovich (1914.1.12 — Toshkent — 2004.16.3) — nevropatolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), tibbiyot fanlari d-ri (1958), prof. (1959). ToshTIni tugatgach (1939), shu in-t nerv kasalliklari kafedrasi assistenti (1941—50), dotsenti (1951—57), Andijon tibbiyot in-ti nerv kasalliklari kafedrasi mudiri (1958-y. dan). Ilmiy ishlari periferik nerv ustunlarining vegetativ kasalliklari, shuningdek, orka miyadagi turli patologik jarayonlarda yuraktomir sistemasi funksional faoliyatining oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan.
As: Sostoyaniye serdechnososudistoy sistemы pri ochagovыx porajeniyax spinnogo mozga, T., 1961; K vegetativnoy patologii travm perifericheskix nervov, T.. 1965.