SALOM

SALOM (arab. — sulh, doʻstlik, omonlik) — 1) kishilarning koʻrishganda birbirlari bilan oʻzaro soʻrashish ifodasi. Jahondagi koʻpgina xalqlarda Salom soʻz orqali bajariladi. Har qanday odamga murojaat yoki muomala qilishdan oldin Salom berish va alik olish insoniy fazilatdir (q. Assalomu alaykum);

2) xonamirlar bilan uchrashuv (audiyensiya) ham Salom deb atalgan. Amir, xonlarning kabulxonasi salomxona deb atalib, uning xizmatchisi salom ogʻasi deb yuritilgan;

3) kelin kuyov xonadoniga kelgandan keyingi birinchi kun ertalab uni kuyov ota-onalariga va yakin karindoshlariga taʼzimga olib chikish marosimi yoki umuman kelinchak taʼzimi (q. Kelin salom).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x