SUHAYLIY

SUHAYLIY Ahmad Amir Nizomuddin (1512-y. v. e.) — xurosonlik shoir. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Alisher Navoiyning «Majolis unnafois» asarida tilga olinadi. Husayn Boyqaro xizmatida boʻlgan. Bu davr shoir ijodining eng gullagan va Alisher Navoiy bilan hamsuhbat boʻlgan damlariga toʻgʻri keladi. Shoir Husayn Voiz Koshifiy «Anvori Suhayliy» («Kalila va Dimna») kitobini Suhayliyga bagʻishlagan. Suhayliyning «Iydiya» qasidasi, «Layli va Majnun» masnaviysi hamda oʻzbekcha va forscha 2 devoni bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x