TOSHDARAXT, qatrangʻi, tugʻdona (Celtis L.) — qayragʻochdoshlar oilasiga mansub barg toʻkadigan, doim yashil daraxtlar turkumi. Boʻyi 10 m dan oshadi. Shoxlari qoʻngʻir yoki qizgʻishqoʻngʻir. Barg plastinkasi tuxumsimon, tishli, yuzasida 3 ta tomiri bor, uz. 3—7 sm, eni 2—4 sm. Gullari koʻrimsiz, poligam, gulkosasi oddiy, 5 boʻlakli. Mevasi — danakcha, qoʻngʻir yoki tillarang. Apr. da gullab, sent. da urugʻlaydi. Shim. va Jan. yarim sharlarning tropik va qurgʻoqchil mintaqalarida 50 ga yaqin turi maʼlum. 2 turi — Kavkaz T. i (S. caucasica Wild.), boʻyi 20 m cha, bargi kulrangyashil, momiqli, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda usadi; silliq Toshdaraxt (S. glabrata) — boʻyi 4—6 m, Qrim va Kavkazning toshli quruq qoyalarida tarqalgan. Asosan, togʻlardagi yirik va chagʻir toshli yonbagʻirlarda oʻsadi. Toshdaraxt koʻkalamzorlashtirish uchun ekiladi. Mevasi yeyiladi, yosh bargi mollarga beriladi, poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar olinadi. Yogʻochi qattiq, mustahkam, duradgorlik va uskunasozlikda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые