SSENARIY

SSENARIY (ital. scenario) — 1) pyesa mazmunining qisqa bayoni, improvizatsiya teatri, tomoshasi, balet spektakllari, ommaviy tomosha va b. oʻyinlar yaratiladigan syujet tuzilishi;

2) kino sanʼati va televideniye vositalari yordamida gavdalantirib koʻrsatishga moʻljallangan adabiy asar. Dastlabki filmlarda syujetlar oʻta sodda boʻlib, qogʻozga tushirilmagan, film ijodkorlari ularni oʻz miyasida sakdagan. Keyinroq filmlar mazmuni chuqurlasha borgan sari S yozishga ehtiyoj tugʻildi. «Ovozsiz kino» davridaʻS shakli rejasxema tarzida boʻlib, suratga olinishi kerak boʻlgan obyektlargina kadrmakadr belgilanib, qayerdan va qanday suratga olinishi koʻrsatilgan xolos. Ssenariylar «texnik», «raqamli», «temir» nomlari bilan yuritilgan. Suratga olinayotgan voqea nimadan boshlanib nima bilan tugallanishi, aktyor oʻzini qanday tutishi, kadr nimani anglatishi qayd etila boshlagandan soʻnggina kinossenariy adabiyotning alohida janri sifatida kino asariga aylandi. Shunday qilib, 20-a. boshlarida ssenariynavis (kinodramaturg) termini paydo boʻldi. Oʻzbek kinosining dastlabki yillaridaL. Sayfulina, V. Sobberey, D. Bassaligo, N. Klado va b. ssenariychilar yetakchilik qilgan. Birinchi oʻzbek kinossenariychisi Ssenariy Xoʻjayev boʻlgan. Oʻzbekistonda Ssenariy janrining rivojlanishida kinorejissyor Nabi Gʻoniyevning xizmatlari alohida. E. Hamroyev, A. Sharopovlar ham dastlabki oʻzbek ssenariychilaridan. Keyinchalik K. Yashin, S. Abdulla, A. Qahhor, M. Shayxzoda, T. Toʻla, R. Fayziy, O. Yoqubov, S. Axmad, S. Abduqahhor, U. Nazarov, F. Musajonov, Sh. Boshbekov, U. Azim, O. Agishev, R. Muhammadjonov, M. Melkumov, K. Yormatov, Sh. Abbosov, Yu. Roziqov va b. yetakchi ssenariychilardan.

Anvar Yoqubxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x