TERRAKOTA

TERRAKOTA (ital. terra — yer, tuproq, cotta — qizdirilgan) — tor maʼnoda — loydan ishlanib xumdonda pishirilgan sirlanmagan va rang berilmagan mayda haykalchalar; keng maʼnoda — loydan tayyorlanib, maxsus xumdonlarda qizdirilgan badiiy va amaliy ahamiyatga ega sirlangan sopol buyumlar (idishlar, koʻza, haykalcha, oʻyinchoq, koshinvab.). Qizdirilgandan soʻng oʻziga xos tus (sargish, qizgʻishjigarrang, qora) va sirt (faktura)ga ega boʻladi. Terrakota neolit davridan maʼlum boʻlgan. Mayda xaykaltaroshlik asarlari, haykal shakllari, sarkofaglar, Yunoniston, Qad. Xitoy, Hindiston, Amerika haykallari, meʼmoriy qismlar, Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar meʼmorligidagi oʻyma T. bezaklari, Italiya ning relyefli meʼmoriy qismlari, Uygʻonish davri portret byustlari va b. badiiy Terrakotaning muhim yodgorliklaridir. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududidan koʻplab nodir Terrakota namunalari topilgan. Zamonaviy haykaltaroshlikda Terrakota mayda shaklli haykallar va b. da ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x