UGOM (Oqburxon, Tikanak) — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng irmogʻi. Daryo havzasi shim. dan Talas Olatovi, gʻarbdan Qorjontov, sharkdan Ugom tog tizmalari bilan chegaralangan. Bir necha buloq suvlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 68,5 km, xavzasining mayd. 870 km2. U. Chorvoq suv omborining quyi toʻgʻoni (byef)dan oʻtgach, Chirchiq daryosiga quyiladi. Asosan, qor va qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryoning oʻrtacha yillik suv sarfi 43 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda), 12 m3/sek. gacha (kam suvli yilda). Toʻlinsuv davri martda boshlanadi, eng koʻp sutkalik suv sarfi aprel va iyunda boʻlib oʻtadi va 177 m3/sek. dan (koʻp suvli yilda) 54,5 m3/sek. gacha (kam suvli yilda) yetadi. Toʻlinsuv davri avg. da tugaydi. Daryo tez oqadi, oʻzanida ostonalar hosil qilgan. Oʻrta oqimi vodiysida keng terrasalar, daraxtzor, butazor va oʻtloqlar mavjud. Daryo vodiysida Chorvoq qishlogʻi, dam olish uylari, bolalar oromgohlari joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые