SANDON

SANDON — qizdirilgan metallga ishlov berish (bosqon va bolgʻa bilan urib yoyish, choʻzish, bukish, qirqish va h. k.) da uning ostiga qoʻyiladigan temir kunda. Asosan, temirchilik, miskarlikda ishlatiladi. Shakli va kattaligi xar xil boʻladi. Temirchilik Si katta, chorqirra, tepa qismi keng boʻlib, aksariyat yoʻgʻon yogʻoch kundaga (gʻoʻlaga) oʻrnatiladi. Unga poʻlat yoki temirning kattaroq boʻlaklarini qoʻyib bolgʻalanadi, ustida ketmon, belkurak, omoch tishi (poza), tesha, bolta, oʻroq, pichoq kabi asboblar yasaladi. Miskarlikda tumshukli Sandon ishlatiladi. Bunday Sda, koʻpincha mis idishlar tuzatiladi, pardozlanadi, tekislanadi. Sandonning zargarlik, soatsozlik, tunukasoalik va b. sohalarda ishlatiladigan xillari ham bor. S. pishiq poʻlatdan yasaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x