SANATSIYA

SANATSIYA (lot. canatio — sogʻlomlashtirish, davolash) — bankrotlik xavfidan qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va b. ning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan davlat va bank choratadbirlari tizimi. Asosiy yoʻnalishlari — nochor korxonalarni kreditlash, qayta tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki faoliyat turlarini oʻzgartirish, oʻz xomiyligiga oʻtkazish va b. S. bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy narsa, chunki bozor qonuniyatlariga koʻra, bir korxonaning gullabyashnab ketishi, boshqasining tang ahvolga tushishi yuz beradi. Sanatsiya orqali davlat bozor iktisodiyotiga taʼsir etadi.

Oʻzbekistonda Sanatsiya tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasining, «Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida» qonuni (1997-y. 25 dek.)ga muvofiq, 1998-y. dan qishloq xoʻjligida Sanatsiyaga tushgan (bankrot boʻlgan yoki uning arafasida turgan) q. x. korxonalariga nisbatan davlat tomonidan moliyaviy yordam va tashqi ishonchli boshkaruvchilar tayinlash shaklida amalga oshirildi va qoniqarli natijalar berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x