UAYLD

UAYLD, Uayld (Wilde) Oskar (1854. 16.10, Dublin 1900.30.11, Parij) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi. Hashamdor sheʼrlari bilan fransuz simvolistlariga yaqin turadi. 1882-y. da AQSH shaharlari boʻylab sayohatda boʻlib, estetika boʻyicha maʼruzalar oʻqigan. Bu davrda va keyinroq yaratilgan «Eʼtiqod yoki Nigilistlar» (1882), «Gersoginya Padunskaya» (1883), «Salomeya» (1893) dramalarida yosh yozuvchining isyonkor kayfiyati ifodalanib, ijtimoiy hayot masalalari muhim oʻrin egallaydi. Londonga qaytib, gaz. va jur. lar bilan hamkorlik qilgan. Axloqsizlikda ayblanib, 2 y. (1895—97) qamoqda yotib chiqqach, Parijga koʻchib oʻtgan. Qamokdan soʻng Uayld hayotida roʻy bergan ruhiy tushkunlik «Reding qamoqxonasi balladasi» (1898) avtobiografik asari hamda oʻlimidan keyin eʼlon qilingan «Qamoqxonadagi tavba» (1905)da oʻz aksini topgan. «Uindermir xonimning yelpigʻichi» (1892), «Benuqson erkak» (1895), «Jiddiy boʻlish qanday muhim» (1896) komediyalari, «Baxtli shahzoda» va «Yulduzli bola» (1888) adabiy ertaklar toʻplamlarida oʻzi yashagan muhit urfodatlarini tanqidiy aks ettirgan. «Dorian Grey portreti» (1891) — 19-a. oxiridagi intellektual romanning ajoyib namunasi. 80-y. lardagi tanqidiy maqolalarida («Oʻy-niyatlar» toʻplami, 1891) Uayld hoz. ingliz adabiyotidagi oʻziga yaqin voqea-hodisalarni yoritgan. Ayni paytda xalq qoʻshiqchilik ijodini, P. Beranje sheʼriyatini yuqori baholagan, O. Balzak, L. N. Tolstoy, I. S. Turgenev va F. M. Dostoyevskiylar badiiy mahoratini mehr bilan tasvirlagan. Uayld pyesalari asosida filmlar yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x