AMFIUMALAR

AMFIUMALAR (Amphiumidae) — dumli amfibiyalar turkumining oilasi. Ikki turi bor. Ular AQSHning sharqiy qismida tarqalgan. Tanasi 1 m cha. Oyoklari va undagi 2—3 ta barmoqlari yaxshi rivojlanmagan. Kichkina koʻzlari yupqa teri ostida. 4 juft ichki jab-rasi va jabra yoriklari umrbod saklanib qolgan, umuman chala itbaliq holida boʻladi. Ikki turi — ugorsimon Amfiumalar (A. means) va uch barmoqli A. (A. tridactyla) sholipoya va koʻlmak suvlarda balchiqqa koʻmilib yoki botqoq yerlardagi uyasida yashaydi. Amfiumalar — tungi hayvon. Turli umurtqasizlar, mayda baliklar bilan oziqlanadi. Yozning oxirida 40—150 tacha tuxum qoʻyadi. Itbaligʻi noyab. da tuxumdan chiqadi. Lichinkasi 4 yoshida jinsiy voyaga yetadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x