UVERTYURA (lot. apertura — ochish, boshlanish) — opera, balet, oratoriya, drama, kinofilm va b. ning muqaddimasidan iborat cholgʻu pyesa; shuningdek, orkestr uchun yozilgan konsert asari. Tinglovchini opera, balet va h. k. dagi voqealarga tayyorlaydi, undagi joʻshqin muhitga olib kiradi. Uvertyura, odatda, asarning xarakteri, gʻoyaviy maqsadi, asosiy obrazlarini umumlashtirgan holda ifodalaydi. Ilk namunasini K. Monteverdi «Orfey» operasida yaratgan. 17-a. da Uvertyuraning 2 turi yuzaga kelgan — fransuz (J. Lyulli ijodida) va italyan Uvertyurasi (3 qismdan iborat sinfonia, A. Skarlatti). Italyan Uvertyura lari simfoniya rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 18-a. 2yarmidan opera U. sida sonata shakli vujudga keldi (K. Glyuk, V. Motsart, L. Kerubini va b.). 18-a. oxirlaridan Uvertyura operadagi obraz va mavzu b-n yanada uzviyroq bogʻlandi, shaklan boyidi («Don Juan», V. Motsart; «Fidelio» L. Betxoven; «Ruslan va Lyudmila», M. Glinka va b.). Sonata shaklida boʻlmagan Uvertyuralar, odatda, muqaddima, prelyudiya, introduksiya deb nomlanadi. 19-a. dan simfonik musikdsa dasturli konsert Uvertyurasi rivoj topdi. «Yoz tunidagi tush» (F. Mendelson) birinchi romantik konsert Uvertyura dir. Oʻzbekiston kompozitorlari opera va musiqali dramalarga Uvertyuralar, shuningdek, konsert Uvertyuralari (R. Glier, «Tantanali Uvertyura», «Fargʻonacha bayram»; S. Yudakov, «Tantanali Uvertyura»; M. Tojiyev, Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri uchun 3 ta Uvertyura ; Hab. Rahimov, «Sayil»; A. Mansurov, 7 ta Uvertyura) yaratishgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии