SPINOR HISOBI

SPINOR HISOBI — matematikaning maxsus tabiatli miqdorlar — spinorlar xossalarini oʻrganuvchi boʻlimi. Spinor komponentlari vektor, tenzor va b. tushunchalar kabi koordinatalar tizimi oʻzgartirilganda maʼlum qonunga boʻysunadi. Mac, koordinatalar tizimi biror toʻgʻri chiziq atrofida 2l ga burilsa, spinorning barcha komponentlari ishorasi oʻzgaradi.

Spinor tushunchasini 1913-y. da fransuz olimi E. Kartan guruxdarni tasvirlash nazariyasiga oid tadqiqotlarida kiritgan. 1929-y. da nemis matematigi B. V. Varden elektronning spin hodisasini oʻrganishda bu tushunchalarni mustaqil kashf etib, «spinor» atamasini kiritgan. Spinor hisobida kovariant va kontrvariant spinorlar, spinorlar ustida amallar, valentlik va b. tushunchalar tekshiriladi.

Spinor hisobi kvant mexanika, kimyoviy valentlik nazariyasi, Riman geometriyasi va b. sohalarda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x