UHUD JANGI (Uhud Madina sh. yaqinidagi tepalik nomi) — 625-y. 23-martda Uhud tepaligida musulmonlarning makkaliklar bilan boʻlgan jangi. Badr jangida makkalik mushriklar maglubiyatga uchragach, musulmonlardan oʻch olmoqchi boʻlishgan. Makkaliklarning 3000 ga yaqin jangchisi, jumladan, 200 otliq askari, 800 sovut kiygan jangchisi, Muhammad (sav)ning esa 700 piyoda askari (shulardan 100 nafari sovutli) bor edi. Makkaliklar jang maydonida yaxshi mavqeni egallashgandi. Muhammad (sav) ham askarlarini kerakli joyga joylashtirib, tepalik tomonini qoʻriklash uChun 50 ta kamonchini qoʻyib, ularga bu yerdan siljimaslikni tayinlagan. Jang dastlabki paytda musulmonlar foydasiga hal boʻla boshladi. Ular ayni dushmanni taʼqib etadigan paytda gʻanimat (oʻlja) toʻplashga tushdilar. Kamonchilar qam oʻljasiz qolmaslikni oʻylab oʻz turgan joylarini tashlab ketishdi. Bundan foydalangan makkaliklarning Xolid ibn Valid boshchiligidagi otliq qoʻshini musulmonlar qoʻshinining orqa tomoniga oʻtib hujum qildi. Bu jangda musulmonlar koʻp talafot koʻrgan: Muhammad (sav) qurshovda qolib, yaralangan, 70 dan ortiq kishi halok boʻlgan. Makkaliklar esa 19 kishisini boy bergan. Musulmonlarning muvaffaqiyatsizlikka uchraganligining sababi Qurʼon oyatlarida bayon etilgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии