SOMSA

SOMSA — xamirli taom turi. Oʻzbek pazandaligida S, asosan, tandirga yopib tayyorlanadi. Hozir gaz duxovkalarida ham pishiriladi. Har qanday Somsa tayyorlash uchun bugʻdoy unidan xamir qorilib, jild tayyorlanadi. Goʻsht ishlatiladigan Somsaning baʼzi turlari uchun oshirilgan, baʼzan esa oshirilmagan xamir tayyorlanadi, tandirga yopishdan oldin qizigan tandirga namakob sepiladi (ayrim hollarda duxovka yogʻlanadi). Somsaning masalliqlariga qarab farmuda S, goʻsht S, varaqi S, koʻk S, qovoq S, yalpiz S, kartoshka S. kabi turlari bor (Yana q. Varaqi somsa, Koʻk somsa).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x