SKOTT Robert Folkon (1868.6.6, Devonport — 1912.30.3) — Antarktidani ta^lqiq qilgan dengizchi sayyoh. 1901—04 y. larda Eduard VII ya. o., Transarktika togʻlarini kashf qilgan ekspeditsiyani boshqargan. Viktoriya Yerini oʻrgandi va Ross o. dan Ross shelf muzligining gʻarbiy chekkasi boʻylab yurib 82°17ʻ j. k. gacha yetib bordi. 1911-y. boshida ikkinchi ekspeditsiya bilan yana Antarktidaga qaytib, Skott noyabrda Ross o. dan janubga tomon yurdi va 4 hamrohi bilan 1912-y. 18 yanv. da (R. Amundsendan 33 kun keyin) Jan. qutbga yetib bordi. Orqaga qaytishda yoʻlda 5 kishining hammasi haloq boʻddi. Skott nomiga Endeyerbi Yeridagi tor, ikkita muzlik 110° shq u va 150° gʻ. u va Ja. okeandagi orol qoʻyilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые