SIMFONIK ORKESTR — torli, puflama va urma cholgu asboblardan tuzilgan eng boy va murakkab turdagi orkestr. Uning shakllanishida Yevropada tarqalgan cholgʻu asboblari hamda xalq va professional cholgʻu ansambllari muxim rol uynagan. 18-a. ning 2-yarmida klassik So. tashkil topgan; u kichik So. deb ham yuritiladi. Unga 8 — 10 birinchi va 4—6 ikkinchi skripka, 2—4 alt, 3—4 violonchel, 2 kontrabas, 2 tadan fleyta, goboy, klarnet, fagot, valtorna, keyinchalik, 2 truba va litavralar kirgan. 19-a. da mazkur orkestrga boshqa cholgʻular (mas, trombonlar, tuba va b.) qoʻshilishi hamda ijrochilar soni (mas, birinchi skripkalar 14—16 tagacha) kupaytirilishi natijasida katta So. paydo boʻlgan. 19va 20-a. da So. tarkibi uziga xos tembr va ifodaviy imkoniyatlarga ega boʻlgan boshqa (mas, kichik va basklarnetlar, arfa, chelesta, organ, fortepiano, ayniqsa, turli urma cholgʻular va b.) musiqa asboblar hisobiga kengaytirilgan.
Oʻzbekistonda So. 19-a. ning oxirida paydo buldi. Hozir Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatrstudiyasining Simfonik orkestr lari chet el mumtoz hamda zamonaviy kompozitorlar asarlarining targʻibotchilari sifatida tanilgan. Bulardan tashqari, Navoiy teatri, Muqimiy teatri va b. musiqali drama va komediya teatrlarida Simfonik orkestrlar mavjud.