Ayol organizmi moʻjizaviy tuzilgan boʻlib, uning farzand dunyoga keltirishi juda kichik boʻlgan, tuxum hujayra yetiluvchi follikulalar miqdori va sifatiga bogʻliqdir. Boʻlajak onalar oʻz organizmlarida qanday reproduktiv jarayonlar kechishini va ularda oʻzgarishlar kuzatilsa shifokorga murojaat etish kerakligini yaxshi bilib olishlari zarur. Shu sababli quyida follikula haqida suhbatlashamiz.
Follikula nima?
Inson hayoti tuxum hujayraning urugʻlanishi bilan boshlanadi. Follikula bu – tuxum hujayrani himoya qilib turuvchi, ovulyatsiya jarayonigacha boʻlgan muddatda tuxum hujayrani yetiltiruvchi element hisoblanadi. Tuxum hujayra mustahkam epiteliy bilan qoplangan, uning ustida esa ikki qavat biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan hosila mavjud. Bunday himoya tuxum hujayraning urugʻlanish qobiliyatini va homilaning saqlanib qolishini taʼminlaydi.
UTT tekshiruvida bu hosil yumaloq shaklda koʻrinadi. Bundan tashqari follikulada ayollarga xos boʻlgan gormon – esterogenlar sintezlanadi.
Tuxumdonlarda follikulalar har oyda yangilanadi:
- Bir necha dona yetila boshlaydi;
- Ulardan bir donasi – antral – oʻlchami kattalashib boradi;
- Qolganlari – kichrayadi va nobud boʻladi, atreziya roʻy beradi;
- Eng kattasi – dominant – oʻsishda davom etadi;
Gormonlar taʼsiri ostida u yoriladi va ovulyatsiya jarayoni roʻy beradi.
- Tuxum hujayrada bachadon boʻshligʻiga tushadi;
- Agar jinsiy aloqa vaqtida sperma suyuqligi tushgan boʻlsa, spermatozoidlar tuxum hujayrani urugʻlantiradi;
- Agar urugʻlanish roʻy bermasa, tuxum hujayra bachadon epiteliy qavati bilan birgalikda hayz suyuqligi sifatida tashqariga chiqib ketadi.
Dominant follikula nima?
Hayz siklning oʻrtasida follikulyar apparat oʻz funksiyasining eng muhim qismiga keladi. Dominanat follikula – bu eng yirik boʻlgan, yetilgan, urugʻlanishga tayyor boʻlgan tuxum hujayrani himoya qilib turuvchi hosiladir. Ovulyatsiya vaqtida uning oʻlchami 2 sm.gacha yetishi mumkin, koʻpincha oʻng tuxumdonda joylashadi.
Follikula yetilgan vaqtda gormonlar taʼsiri natijasida yoriladi – bu jarayon ovulyatsiya deb nomlanadi. Tuxum hujayra bachadon boʻshligʻiga tushadi. Agar dominant hosil yetilamasa, ovulyatsiya jarayoni roʻy bermaydi. Buning sababi rivojlanishdagi oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.
Gormonal oʻzgarishlar natijasida, oʻsmirlik davrida, klimaks vaqtida, follikulayar apparat funksiyasi oʻzgarishi mumkin, bu esa – persistensiya deb ataladi. Bu hayz siklini kechiktirishi va qon ketishiga olib kelishi mumkin. Bu jarayon quyidagilardan dalolat beradi:
- Himoya elementining yetilgani;
- Dominant follikula yetilganligi;
- Yetilgan follikula yorilmaganligi;
- Tuxum hujayra bachadon boʻshligʻiga tushmaganligi;
- Tuxum hujayra urugʻlanish imkoni yoʻqligi;
- Homiladorlik roʻy bermasligi.
Bunday holatda follikulaning qayta kichrayishi kuzatiladi, undan esa keyinchalik kista shakllanishi mumkin. Yetilgan follikula yorilmaganda shifokorlar progesteron gormoni buyuradilar. Persistensiya natijasida quyidagilar rivojlanishi mumkin:
- Gormonlar ajralishda davom etaveradi;
- Bachadon endometriy qavati qalinlashadi;
- Bachadon siqiladi;
- Endometriy ajralib tushadi;
- Qon ketishi kuzatiladi.
Primordial follikula
Tuxum hujayralar ayol organizmida homiladorlik vaqtida yaʼni embrionlik vaqtidayoq paydo boʻladi va rezerv holatida saqlanadi (ovarial rezerv). Primordial follikula bu – himoya elementining birinchi bosqichi hisoblanadi. Tuxum hujayraning yetilishi – oogoniylardan – boshlanadi, ular tuxumdon ichki qismida joylashgan boʻladi, ularning oʻlchami juda kichik boʻladi. Tashqi tomondan granulyoz hujayralar bilan oʻralgan va tinchlik holatida saqlanadi.
Qiz bolalarning voyaga yetishi yaʼni hayz koʻrishni boshlashi quyidagi bosqichlarda kechadi:
- Follikulstimullovchi gormonlar hosil boʻladi;
- Uning taʼsiri natijasida tuxum hujayra yadrolari yetiladi (oostilar yadrosi);
- Tashqi ikki qavat himoya qobigʻiga yetilishi;
- Har oyda bir necha follikulalarning yetilishi va ular tuxum hujayrani himoya qilib turishi.
Antral follikula
Hayz siklining taxminan yettinchi kunida follikula yetilishining ikkinchi bosqichi roʻy beradi, bunda follikulyar suyuqlik ishlab chiqaruvchi hujayralar soni koʻpayadi. Himoya elementi shakllanish jarayoni yuz beradi:
- Antral follikula hayz siklining 8-kunida esterogen gormonini ajrata boshlaydi;
- Tashqi qavatdagi teka-hujayralar androgen gormonlar sintezlaydi – testosteron, androstendion;
- Follikulyar suyuqlik saqlovchi boʻshliq kattalashadi;
- Epiteliy ikki qavatni tashkil etadi.
Preovulyator follikula nima?
Oxirgi, uchinchi bosqichda tuxum hujayra maxsus tepalikda joylashadi va u urugʻlanishga tayyor holda boʻladi. Bu vaqtda follikulalar graf-hujayra nomini oladi va uning ichi suyuqlik bilan toʻla boʻladi. Suyuqlik hajmi 10 barobar ortadi. Ovulyatsiyadan bir sutka avval jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi, bu vaqtda esterogen sintezi kuchayadi va quyidagilar kuzatiladi:
- Lyutinlovchi gormoni sintezi boshlanadi va ovulyatsiya roʻy berishida ishtirok etadi;
- Graaf hujayralari devori yoriladi – ovulyatsiya jarayoni yuz beradi;
- Soʻngra sariq tanacha hosil boʻladi, u progesteron gormonini sintezlaydi, bachadon endometriy qavati koʻchib tushmasligini taʼminlaydi;
- Sariq tana bachadon endometriy qavati qon tomirlardan iborat toʻr hosil qiladi, bu esa keyinchalik yoʻldosh hosil boʻlishi uchun zarur boʻladi.
Tuxumdonda follikula yetilmasligi
Koʻp holatlarda ayollarda kuzatiladigan “bepushtlik” dardiga sabab tuxumdonlarda follikulalarning toʻliq yetilmasligidir. Natijada ovulyatsiya jarayoni roʻy bermaydi va erta klimaks kuzatiladi. Bunga sabab quyidagilar boʻlishi mumkin:
- Sport bilan faol shugʻullanish;
- Kuchli diyetaga rioya etish;
- Menopauza;
- Gormonal oʻzgarishlar;
- Semizlik.
Tuxumdonlarda follikulalarning normasi
Ayollarda follikulyar apparat tizimidagi oʻzgarishlarni aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvidan oʻtishi kerak boʻladi. Agar qandaydir oʻzgarish aniqlanadigan boʻlsa ayollarda “bepushtlik” kelib chiqadi va uni davolash kerak boʻladi. tuxumdonlarda qancha follikula boʻlishi kerak ? Bu ayol yoshiga va hayz sikli kuniga bogʻliq boʻladi:
- Hayz siklining 7 kunida – 6-10 tagacha;
- Hayz siklining 10 kunida – bir dona dominant follikula paydo boʻladi, qolganlari nobud boʻladi.
Farzand koʻrish uchun qancha follikula boʻlishi lozim?
Ayol kishi homilador boʻlishi uchun tuxum hujayralar toʻliq yetilishi lozim. Tuxum hujayra urugʻlanishga tayyor boʻlishi uchun bir dona yetilgan, sifatli – dominant follikula boʻlishi lozim. U ovulyatsiyaga tayyor boʻlishi kerak. Agar UTT (UZI) tekshiruvida shu kabi follikuladan ikkita aniqlansa, boʻlajak farzandingiz egizaklar boʻlishi kutiladi.
Follikula yetilishi
Follikulogenez – follikulaning oʻsishi va yetilishi, normal holatda ovulyatsiya va tuxum hujayra urugʻlanishi bilan tugaydi. Hayz siklining 10 kunidan boshlab UTT (UZI) tekshiruvida dominanat follikulani koʻrish mumkin. Agar follikulaning yetilishi sekin boʻlsa, davo muolajalari qoʻllaniladi va keyingi sikl davomida uning oʻsishi tekshirib boriladi.
Hayz sikli davomida follikulaning oʻlchami
Har bir hayz siklida follikulalar maʼlum kunlar ichida oʻsadi va yetiladi. Bunda quyidagicha jarayon kechadi:
- Hayz siklining 7 kuniga qadar normada 6 mm boʻladi;
- 8 kundan boshlab dominant follikula yetila boshlaydi va oʻlchami 15 mm.gacha boʻladi;
- 11 va 14 kunlarda follikula oʻlchami koʻrinadigan boʻladi, yaʼni 25 mm.gacha yertadi.
Tuxumdonlarda follikulalar koʻp boʻlishi – bu nimani anglatadi ?
Follikulalar soni koʻp boʻlishi – bu patologiyadan darak beradi. Tuxumdonlarda 10 tadan ortiq boʻlgan follikulalar – multifollikulyar hisoblanadi. Agar UTT (UZI) tekshiruvida tuxumdonlarda 10 tadan ortiq follikulalar, pufakchalar koʻrinishida namoyon boʻlsa bu polifolikulyarlik deyiladi va bunday holatda polikistoz diagnozi qoʻyiladi.
Ammo har doim ham follikulalar koʻp boʻlishi kista hosil boʻlayotganidan darak bermaydi. Shunchaki bunday holat ayolda asabiy zoʻriqishlar va stress holatida ham kuzatilishi mumkin, bunda dominant follikula yetilishi sekinlashadi va tuxum hujayra urugʻlanish ehtimoli kamayadi. Bundan tashqari quyidagi omillar ham follikulalar koʻpayishiga sabab boʻlishi mumkin:
Tuxumdonlarda follikulalar soni kam boʻlishi
Bunday holatda ayollar homilador boʻla olmaydilar. Buni aniqlash uchun UTT (UZI) tekshiruvidan oʻtish kerak boʻladi. Hayz siklining 7 kunida tekshiruv oʻtkaziladi, sababi gormonlar yetishmovchiligidir. Tekshiruv natijasi quyidagicha boʻlishi mumkin:
- 7-16 ta follikula – homilador boʻlish ehtimoli bor;
- 4-6 ta – homilador boʻlish ehtimoli kam;
- 4 tadan kam – homilador boʻlish ehtimoli yoʻq.
Bir tuxumdonda ikkita dominant follikula
Bepushtlikni davolash maqsadida qoʻllanilgan gormonal preparatlar taʼsirida follikulalar yetilishi kuchayib ketishi mumkin va bir tuxumdonda ikkita dominant follikula shakllanadi. Koʻpincha bunday holat chap tomon tuxumdonida kuzatiladi. Bunday holatda ikkita yetilgan tuxum hujayra urugʻlanadigan boʻlsa – egizaklar dunyoga kelish ehtimoli yuqori boʻladi.
Follikula yetilmay qolishi
Follikulalar toʻliq yetilmasligi – bepushtlikka olib keladi. Buning sabablari esa quyidagilar boʻlishi mumkin:
- Erta roʻy bergan klimaks – tabiiy yoki jarrohlik amaliyoti sababli;
- Tuxumdonlar funksiyasi buzilishi;
- Ovulyatsiya bilan bogʻliq muammolar;
- Esterogenlar miqdorining kamligi;
- Endokrin tizimidagi kamchiliklar;
- Kichik chanoq aʼzolaridagi yalligʻlanish kasalliklari;
- Gipofiz patologiyasi.
Bundan tashqari follikulalar yetilmasligiga – stress holatlar, depressiya, asabiy zoʻriqish ham sabab boʻla oladi.
Follikulaning oʻzida boʻladigan oʻzgarishlar quyidagilar:
- Ularning umuman yoʻqligi;
- Yetilishida toʻxtab qolish;
- Yetarlicha oʻlchamga ega boʻlmasligi;
- Yetilishining kechikishi;
- Umuman yetilmasligi.
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.